Bizning sanatoriymiz nafaqat salomatligingizni yaxshilash, balki faol dam olish va yangi sarguzashtlar uchun ideal joydir. Bu yerda siz quyidagi mashg'ulotlar bilan shug'ullanishingiz mumkin:

Bizning sanatoriymizda professional shifokorlar 40 dan ortiq turli muolajalarni taklif qilishadi:
Agar siz aniq bir kasallikdan yoki charchoqdan qutulmoqchi bo'lsangiz, sanatoriymizda sizni samarali sog'lomlashtirish dasturlari kutmoqda!

"Buloqboshi Sanatoriyasi" toza tog' havosi bilan mashhur va mehmonlarga qulay va tasalli beruvchi dam olishni taklif etadi:
Agar siz shovqindan qochish va jimlikdan bahramand bo'lishni orzu qilsangiz, bizning sanatoriymiz bu uchun ayni muddao!

Skandinavcha yurish – salomatlik sari qadam. Tabiat qo'ynida faol dam olishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov!
Agar siz sog'lom mashg'ulot izlayotgan bo'lsangiz, bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Bizning zipline attraksionimiz sizga tabiiy landshaftlar ustida parvoz qilishning unutilmas his-tuyg'ularini hadya etadi:
Siz kuchli hayajon va unutilmas taassurotlar qidiryapsizmi? Unda zipline aynan siz uchun!

"Buloqboshi Sanatoriyasi"da sport ixlosmandlari uchun marafonlar tashkil etiladi:
Siz sportni yaxshi ko'rasizmi va kuchingizni to'g'ri yo'naltirishni xohlaysizmi? Bizning marafonlarimizga qo'shiling!

Sizni Buloqboshi sanatoriyasi ham hordiq chiqarish va ma`naviy rohat olishga chaqiradi!

"Buloqboshi Sanatoriyasi"dagi Hijoma va zuluk muolajasi tanani sog'lomlashtirishning o'ziga xos usulidir. Ushbu qadimiy terapiya tanadagi qon tomiqlarni chuqur tozalash, energiya muvozanatini tiklash, toksinlarni olib tashlash, mushaklarni bo'shashtirish va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Afzalliklari:

"Buloqboshi Sanatoriyasi"dagi gidromassaj tanani bo'shashtirish, qon aylanishini yaxshilash va mushak to'qimalarini yumshatish uchun eng samarali muolajalardan biridir. Davolash maxsus suv oqimlari yordamida amalga oshiriladi.
Afzalliklari:

Buloqboshi sanatoriysidagi Kedr bochkasi - bu tanani toksinlardan tozalash, immunitetni mustahkamlash va umumiy salomatlikni yaxshilash uchun tabiiy bug'li terapiya. Tabiiy kedrdan tayyorlangan mini-sauna tanani issiq bug' bilan qoplab, zararli moddalarni chiqarib tashlashni rag'batlantiradi va metabolizmni tezlashtiradi.
Afzalliklari:
"Buloqboshi sanatoriysi" tanani tiklash, mushaklarni bo'shashtirish va umumiy farovonlikni yaxshilash uchun professional massaj xizmatlarini taklif etadi. Har bir muolaja individual tarzda amalga oshiriladi va sog'lig'ingiz holatiga qarab tavsiya etiladi.
Vakuum yordamida qon aylanishini yaxshilash, mushaklarni bo'shashtirish va toksinlarni chiqarishga yordam beruvchi samarali muolaja.
Maxsus suv oqimlari yordamida teri va mushak to'qimalariga ta'sir qilish stressni kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va charchoqni ketkazadi.
Akupunktur nuqtalariga ta'sir qilish tanadagi energiya oqimini tartibga soladi, ichki organlarning faoliyatini yaxshilaydi va og'riqni kamaytiradi.
Badanga surtilgan toza asal yordamida qilingan uqalash muolajasi mushaklarni chuqur bo'shashtiradi, yallig`lanishlarni kamaytiradi, stressni yengillashtirishga yordam beradi va yoqimli yengillik hissi beradi.
Mushaklar tonusini yaxshilash, charchoqni ketkazish va umumiy salomatlikni yaxshilash uchun eng ko'p tavsiya etilgan massaj turi.
Harakatchanlikni yaxshilash va og'riqni kamaytirish uchun umurtqa pog'onasi va bo'g'imlarni qo'lda manipulyatsiya qilishning maxsus usullari.